OMMAVIY OFERTA
“UMS ” (MOBIUZ savdo belgisi) MChJ abonentlari uchun “Ob-havo ma’lumoti” Xizmatidan foydalanish bo’yicha shartnoma tuzishga
OMMAVIY OFERTA
Toshkent shahri,
01/01/2021 yil
Qo’qon shahri hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini ro’yxatga olish inspeksiyasi tomonidan 2014 yil 24 iyulda 2014360 raqami bilan ro’yxatga olingan va O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2014 yil 06 fevralda berilgan 0006090-sonli litsenziyasi asosida faoliyat yurituvchi “LUX CONTENT” XK (bundan buyon matnda – “Kontent-provayder” deb yuritiladi) Ustavi asosida faoliyat yurituvchi direktor A.A. Ibragimov bir tomondan, cheklanmagan miqdordagi jismoniy shaxslarga (bundan buyon matnda “Foydalanuvchi deb yuritiladi), boshqa tomondan, ushbu Ommaviy oferta orqali quyidagi xizmatlarni taklif etadi:
- Kontent provayderi obhv.uz internet-manbaiga egalik qiladi va boshqaradi, ushbu manbada, kontent provayder tomonidan taqdim etilgan “Ob havo ma`lumotlati” xizmati (bundan buyon matnda – “Xizmat” deb yuritiladi) joylashtirilgan.
- Mazkur Xizmat orqali kontent provayder Foydalanuvchilarga O’zbekiston Respublikasi hududidagi ob-havo bo’yicha tegishli ma’lumotlarni taqdim etadi va Foydalanuvchidan Xizmatdan foydalanganlik uchun tegishli haq oladi.
- Foydalanuvchi voyaga yetgan va faol abonentlik hisobiga ega bo‘lgan “UMS ” (MOBIUZ savdo belgisi) MChJ aloqa tarmog'ining abonenti bo’lishi mumkin.
- Xizmat pullik hisoblanadi va uning narxi kuniga 100 (yuz) so‘m (QQSni hisobga olgan holda) ni tashkil etadi.
- Xizmat ravsifi:
- Foydalanuvchilarga O’zbekiston Respublikasi shaharlaridagi ob-havo bo’yicha tegishli ma’lumotlarni keyingi 24 soat va 8 (sakkiz) kun uchun taqdim etish;
- Ob-havo ma’lumoti Toshketn shahri va viloyatlar kesimida beriladi;
- Xizmat obhv.uz internet-manbai orqali amalga oshiriladi;
- Internet-manbai orqali olishdan tashqari, Fotdalanuvchi keyingi kun uchun ob-havo ma’lumotini kunlik asosda SMS-xabarnoma orqali qabul qiladi;
- Fotdalanuvchi tomonidan muayyan shahar belgilanmasa, avtomatik ravishda Toshkent shahridagi ob-havo ma’lumoti taqdim etiladi.
- Foydalanuvchi Xizmat taqdim etadigan ma’lumotlar ehtimoliy xususiyatga ega ekanligini va kontent provayderi Xizmat tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar haqiqiy ob-havo ma’lumotlariga muvofiqligi yoki ularga mos kelmasligi uchun javobgar emasligini tan oladi va qabul qiladi.
- Foydalanuvchi ushbu Oferta shartlarini qabul qilib, Xizmatdan foydalanish uchun to’lov Xizmatdan foydalanishning butun davridan boshlab har kuni abonent hisobidan yechib olinishiga rozilik beradi.
- Xizmatdan foydalanish muddati Xizmat yoqilgan (faollashtirilgan) kundan boshlab Xizmat o’chirilgan (faolsizlantirish) kungacha (shu jumladan) vaqt oralig’i hisoblanadi.
- Xizmatni yoqish (faollashtirish) quyidagi usullardan biri yordamida amalga oshiriladi:
- Shaxsiy kompyuterda obhv.uz saytiga kirish orqali:
- obhv.uz saytiga kirilganda Foydalanuvchi faol abonent telefon raqamini kiritadi va “Ulanish” funksiyasini tanlaydi;
- Foydalanuvchi ko‘rsatgan abonent telefon raqamiga Xizmatni faollashtirish kodi yozilgan SMS-xabarnoma keladi;
- Foydalanuvchi qabul qilingan kodni obhv.uz saytidagi maxsus oynaga kiritadi.
- qabul qilingan kod kiritilgandan so'ng, Foydalanuvchiga Xizmatga ulanganlik to’g’risida
SMS-xabarnoma keladi.
- SMS- xabarnoma yuborish orqali:
- 77777 qisqa raqamiga “OH” (lotin transkripsiyasida yozilgan) matnli SMS-xabarnoma yuborish orqali.
- SMS-xabarnoma muvaffaqiyatli yuborilgach, Foydalanuvchiga Xizmatga ulanganlik to’g’risida SMS-xabarnoma keladi.
- obhv.uz saytining mobil ilovasi orqali:
- obhv.uz saytining mobil ilovasiga kirilganda Xizmat Foydalanuvchining abonent telefon raqamini avtomatik ravishda aniqlaydi va Foydalanuvchiga uni tasdiqlash uchun ko’rsatiladi;
- abonent telefon raqami tasdiqlash, shuningdek, ushbu Ommaviy oferta shartlarini qabul qilish orqali Xizmat ulanadi va Foydalanuvchi bu haqda SMS-xabarnoma yordamida xabardor qilinadi.
- Xizmatni o'chirish (faolsizlantirish) quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
- 7 7 7 7 qisqa raqamiga “stop on” matnli SMS-xabarnoma yuborish orqali;
- SMS-xabarnoma muvaffaqiyatli yuborilgach, Foydalanuvchiga Xizmatning o’chirilganligi to’g’risida SMS-xabarnoma keladi.
- Xizmatni faollashtirish faqatgina Foydalanuvchining abonent hisobi faol bo’lgan holatda amalga oshirilishi mumkin.
- Xizmat Foydalanuvchining abonent hisobi faol bo’lgan holatdagina taqdim etiladi.
- Kontent-provayder Xizmatdan foydalanish uchun to'lov miqdorini Fotdalanuvchini SMS-xabarnoma orqali xabardor qilgan holda bir tomonlama tartibda o'zgartirish huquqini o’zida saqlab qoladi.
- Kontent-provayder Xizmatdan foydalanish qoidalariga Foydalanuvchining roziligisiz o’zgartirish kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi.
- Ushbu Ofertaning amal qilishi vaqt o'tishi bilan cheklanmaydi va xizmat muddati davomida yoki yangi tahrirdagi Oferta kontent-provayder tomonidan tasdiqlangunga qadar davom etadi.
- Foydalanuvchining ushbu Ommaviy ofertani qabul qilishi unda bayon etilgan barcha shartlarga so'zsiz roziligini bildiradi.
Foydalanuvchining ushbu Ommaviy ofertaga roziligi Foydalanuvchi tomonidan Ommaviy ofertaning quyi qismida joylashgan “Ommaviy oferta shartlarini qabul qilaman” satrini tanlashda ifodalanadi.
- Foydalanuvchining Oferta shartlariga rozi bo’lmasligi, uni keyinchalik Xizmatni ulash bo’yicha murojaat qilish huquqidan mahrum qilmaydi.
Abonent o‘z qurilmasidan (smartfon/planshet/PC) Operatorning SIM-kartasi orqali mobil internet tarqatayotgan Wi-FI nuqtasi (modem/router)ga ulanganida, Abonentga marshrutizator (modem/router)dan IP-manzil biriktiriladi.
Abonent Operatorning SIM-kartasi bilan marshrutizator orqali internetdan foydalansa, xizmat marshrutizatorda o‘rnatilgan telefon raqamida yoqiladi.
Foydalanuvchining Oferta shartlariga rozi emasligi Foydalanuvchi tomonidan Ommaviy ofertaning quyi qismida joylashgan :Ommaviy oferta shartlarini qabul qilmayman” satrini tanlashda ifodalanadi.
- Call-markazi raqami: +998781400501.